» » ICTWeek Uzbekistan-2018 haftaligiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

ICTWeek Uzbekistan-2018 haftaligiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda


24–29-sentabr kunlari Toshkent va Jizzax shaharlarida O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWeek Uzbekistan-2018 o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Haftalikda axborot kommunikatsiya sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar namoyish etilishi barobarida, tizimga oid qator muammolarning muhokama etilishi kutilmoqda.

Haftalikning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan ICTEXPO-2018 ko‘rgazmasi “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida 26–28-sentabr kunlari o‘tkaziladi. Jizzaxda esa 26–27-sentabr kunlari mintaqaviy ko‘rgazma bilan tanishish mumkin bo‘ladi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha bu yil ko‘rgazma maydonlari yanada kengaytirilgan bo‘lib, bu ishtirok etishga talabgorlar soni ortib borayotgani bilan izohlanadi.

26-sentabr kuni “O‘zekspomarkaz”da o‘tkaziladigan DIGITAL UZBEKISTAN forumida esa axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar masalalari, tizimdagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi.

ICTWeek Uzbekistan-2018 haftaligini 29-sentabr kuni mukofotlash marosimi yakunlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют