» » Kim Chen In Kobzonning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Kim Chen In Kobzonning yaqinlariga hamdardlik bildirdi


KXDR yetakchisi Kim Chen In rossiyalik artist Iosif Kobzonning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy dafn marosimida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Ko‘plab telegrammalar kelib tushdi, ular Rossiyaning turli burchaklaridan, turli mamlakatlardan kelmoqda”, — dedi u.

Shvidkoy, shuningdek, qo‘shiqchi oilasiga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham hamdardlik bildirganligini aytib o‘tdi.

Dafn marosimi Moskvada Chaykovskiy nomidagi konsert zalida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedev dafn marosimida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Iosif Kobzon 30-avgust, payshanba kuni 81 yoshida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют