» » O‘zbekiston 2025-yilga kelib paxta tolasi eksportidan voz kechishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025-yilga kelib paxta tolasi eksportidan voz kechishni rejalashtirmoqda


O‘zbekiston 2025-yilga kelib paxta tolasi eksportidan voz kechish va ichki bozorda to‘liq qayta ishlanishini ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi strategik prognozlash departamenti boshlig‘i Dilbar Muhammedova ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

—Oldimizga 2025-yilga kelib paxta tolasi eksportini to‘liq to‘xtatib, mamlakat ichida qayta ishlash vazifasi qo‘yilgan. Bu paytga kelib eksport hajmi 4,7 barobar ortib, 7,1 milliard dollargacha yetishi kutilmoqda. Joriy yilda esa tarmoq korxonalari 520 ming tonna paxta tolasini qayta ishlashi mumkin, — deydi D.Muhammedova.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda har yili 3,5 million tonna paxta xom ashyosi va 1-1,2 million tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi. Tolaning 50 foizga yaqini eksportga yuboriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют