» » Koreya Mehnat vazirligi delegatsiyasi Samarqandga keladi: hamkorlik yanada kuchayadi

Koreya Mehnat vazirligi delegatsiyasi Samarqandga keladi: hamkorlik yanada kuchayadi


Joriy yilning 9—12-sentabr kunlari Toshkent shahriga, shu o‘rinda Samarqand shahriga Janubiy Koreya Respublikasi Mehnat vazirligining rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

“Ushbu rasmiy delegatsiya tashrifidan maqsad ikki davlat o‘rtasida tuzilgan ‘Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida’gi Memorandumga muvofiq olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlarni yanada kengaytirishdir”, — dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Abduaziz Hafizov.

Tadbir Samarqand shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish (KOIKA) markazida tashkil etiladi.

Uchrashuvga shuningdek, Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan fuqarolar taklif qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют