» » Vyetnamda suv toshqini va ko‘chkilar qurbonlari soni 15 nafarga yetdi

Vyetnamda suv toshqini va ko‘chkilar qurbonlari soni 15 nafarga yetdi


Vyetnamda kuchli yomg‘irlar oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi. Bundan tashqari, yana besh kishi bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq 13 kishi qurbon bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan edi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat Txanxoa markaziy provinsiyasida to‘qqiz kishini hayotdan olib ketgan. Yana olti kishi mamlakat shimolidagi Xoabin, Yenbay, Shonla, Langshon va Laytyau provinsiyalarida suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, tabiiy ofat 382 ta binoni vayron qilgan, besh ming gektardan ortiq qishloq xo‘jalik maydonlariga zarar yetkazgan hamda qoramol va qushlarning ommaviy o‘limiga sabab bo‘lgan.

Joriy yilda Vyetnamda tabiiy ofatlar oqibatida 153 kishi bedarak yo‘qolganligi, 119 kishi jarohat olganligi ta’kidlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют