» » 35 yildan so‘ng: dunyodagi yagona olti egizak qizlar hozir qayerda? (fotogalereya)

35 yildan so‘ng: dunyodagi yagona olti egizak qizlar hozir qayerda? (fotogalereya)


1983-yil 18-noyabr kuni Angliyaning Liverpul shahrida dunyoga kelgan Xanna, Rut, Lyusi, Keyt, Jenni va Sara ismli egizak qizlar bugun 35 yoshga kirdi, deb yozadi Big Pikcha. Ular dunyodagi birinchi yashab ketgan olti egizakka aylangan.

Qizlar homiladorlikning 31-haftasida kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan. Ularning ikki nafari o‘pkalari yaxshi rivojlanmaganligi sababli inkubatorlarga joylashtirilgan. Ikki oydan keyin ona va bolalar kasalxonadan chiqarilgan.

Baxtli ota-ona yiliga 10 minglab taglik almashtirdi va bir necha yil deyarli uxlamadi. Axir ularni bir vaqtda ovqatlantirish, cho‘miltirish, uxlatish va tagliklarini almashtirish kerak edi-da. Qizlar ulg‘aygach esa, maktab, to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari boshlandi.

Yaqinda ular 35 yoshga to‘ladi. Opa-singillar bir-biri bilan juda yaqin. Xanna — boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi, Keyt kadrlar bo‘limida, Lyusi esa mahalliy avialiniyada ishlaydi. Jennining o‘z qandolar sexi bor, Rut esa koll-markazda faoliyat yuritadi. 2014-yilda Sara farzandli bo‘ldi, bundan uning ota-onasi juda baxtiyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют