» » O‘zbekiston va Misr biznes-forumida qator istiqbolli shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston va Misr biznes-forumida qator istiqbolli shartnomalar imzolandi


O‘zbekiston va Misr ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda ikki mamlakatning iqtisodiyot, investitsiya, bank-moliya, savdo-sanoat, turizm, logistika, energetika, elektrotexnika, oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, to‘qimachilik kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

Forumda Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov, Misr investitsiya va xalqaro hamkorlik vaziri maslahatchisi Reda Bebars va boshqalar O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochilayotganini ta’kidladi. Misr prezidentining O‘zbekistonga tashrifi o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

— O‘zbekiston tabiiy resurslarga boy, mamlakatda sanoatni va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda, — dedi Afrika eksport-import bankining Moliya, ma’muriy va bank xizmatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Denis Denya (Misr). — Faol investitsiya siyosati va tashqi savdoni erkinlashtirishdagi sa’y-harakatlar bugun xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib e’tirof etilmoqda. Bankimiz Misr va Afrikaning qator davlatlarida o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi biznes-forum doirasida investitsiya jalb qilish, sarmoyadorlarga ishonchli va kafolatli bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘zbekistonlik hamkasblar bilan muzokara olib bordik. Uchrashuv yakuni bo‘yicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan 50 million AQSh dollari miqdoridagi kelishuvga erishdik.

Biznes muloqotda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlarini Misrga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. O‘z navbatida, Misrning O‘zbekistonga tibbiyot jihozlari, farmatsevtika, to‘qimachilik, raqamli xizmatlar, qurilish mollari, charm-attorlik va plastik mahsulotlarni O‘zbekistonga yetkazib berish imkoniyatlari yuqori baholandi.

Tadbirda savdo-iqtisodiy, bank-moliya, elektronika, farmatsevtika mahsulotlari eksport-importiga oid qator istiqbolli shartnomalar imzolandi.

Anjuman doirasida ikki mamlakat tadbirkorlarining B2B formatdagi uchrashuvi ham o‘tkazildi. Muzokara yakuni bo‘yicha qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda manfaatli shartnomalar imzolashni nazarda tutuvchi foydali kelishuvlarga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют