» » Samarqandda tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

Samarqandda tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi


“Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari xorijiy davlatda ishlab chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarini mamlakatga noqonuniy olib o‘tish holatlariga chek qo‘ydi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi V.S. qo‘shni davlatdan O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan, 70 quti tamaki mahsulotlarini bojxona chegarasi orqali yashirib olib o‘tayotganida, uning qilmishi fosh bo‘ldi.

Aniqlangan holat natijasida fuqarodan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, M.S. ismli shaxs bojxona xodimlarini chalg‘itib, O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan uch nafar fuqaroning ko‘magi bilan aroq, tamaki, shokolad kabi umumiy qiymati 3 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi mahsulotlarni bojxona nazoratidan olib o‘tishga harakat qilgan.

Ayni paytda ushbu ikki holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют