» » O‘zbekistondagi har bir hududning investitsion xaritalari ishlab chiqildi

O‘zbekistondagi har bir hududning investitsion xaritalari ishlab chiqildi


O‘zbekiston Prezidenti devoni va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes ombudsman) tomonidan investorlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining investitsion xaritalari ishlab chiqildi.

Investitsion xaritalarni ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy va mahalliy investorlar uchun har bir hududning o‘ziga xos investitsion jozibadorligini, mavjud imtiyoz va preferensiyalar, investitsiya kiritish uchun ustuvor bo‘lgan sohalar, turizm, transport va muxandislik kommunikatsiya infratuzilmasi, mineral xom ashyo zaxirasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yetkazish hisoblanadi.

Hozirda investitsion xaritalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, viloyat hokimliklarining saytlarida joylashtirilgan.

Shuningdek, mazkur xaritalardan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir tuman (shahar)ning investitsion xaritalari ishlab chiqilmoqda.

Xorijiy va mahalliy investorlarga ushbu investitsion xaritalardan foydalanish tavsiya etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют