» » Farg‘onaning So‘x tumanida yangi maktab binolari foydalanishga topshirildi

Farg‘onaning So‘x tumanida yangi maktab binolari foydalanishga topshirildi


Farg‘ona viloyatining So‘x tumani “Navobod” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘quvchilari yangi o‘quv yilini mukammal ta’mirlanib, yangi qiyofa kasb etgan maktabda boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Ushbu 26-umumta’lim maktabida 1,9 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Qo‘shimcha o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy sport zali, stadion bunyod etildi. O‘quv va laboratoriya xonalari, kompyuter sinfi davlat ta’lim standartlari asosida tegishli jihozlar bilan ta’minlanib, o‘quvchilarning fanlarni puxta o‘zlashtirishi uchun zarur sharoit yaratildi.

So‘x tumanining “Qizilqiyoq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 12-maktabning yangi qurilgan binosi ham foydalanishga topshirildi. Mazkur maktabda 1 milliard 700 million so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari olib borildi.

Har ikki ta’lim muassasasi ota-onalar, jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali suratda ochildi. Marosimda ishtirok etgan tuman hokimi F. O‘sarov ta’lim sohasidagi islohotlar xususida to‘xtaldi.

142 nafar birinchi sinf o‘quvchilariga barcha o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют