» » O‘zbekiston ko‘pkari terma jamoasi Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida Qozog‘istondan ustun keldi

O‘zbekiston ko‘pkari terma jamoasi Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida Qozog‘istondan ustun keldi


Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida uloq ko‘pkari bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

6-sentabr kuni O‘zbekiston ko‘pkari jamoasi Qozog‘iston ko‘pkari terma jamoasi bilan bahs o‘tkazib, 5:4 hisobida g‘alabaga erishdi.

Endi o‘zbekistonlik uloqchilar finalda Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Mezbonlar yarim finalda Rossiya termasi ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishgan.

Qayd etish kerakki, Qozog‘iston amaldagi jahon chempioni hisoblanardi, O‘zbekiston jamoasi esa shu vaqtgacha hech bir xalqaro turnirda final bosqichiga yo‘l olmagandi. Qozog‘iston endi rossiyaliklar bilan uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi.

O‘zbekiston ko‘pkari jamoasi 3-sentabr kuni Boshqirdiston Respublikasi vakillarini 20:2 hisobida, 5-sentabr Fransiya jamoasini 19:6 hisobida mag‘lub etgan va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют