» » Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda mazkur maslahat kengashi a’zolari, deputatlar, davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 9 ming 400 dan ziyod NNT jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda o‘z o‘rniga ega.

O‘z navbatida, fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishda, ularning ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo, kamchiliklar mavjud.

Maslahat kengashi yig‘ilishida davlat rahbarining 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratildi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish darajasining pastligi ta’kidlandi.

Tadbirda mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarini taklif qiladigan faol nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aytildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy-texnika ta’minoti qoniqarsiz holatda. Turli sun’iy to‘siq va g‘ovlar o‘rta, uzoq muddatli, keng ko‘lamli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishga imkon bermayapti.

Bu kabi muammolar tahlil etilgan yig‘ilishda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modeli, shu asosda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlar bo‘yicha holatni yaxshilash yuzasidan takliflar berildi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishga oid tavsiyalar ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют