» » Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi I Xalqaro maqom san‘ati anjumaniga bag‘ishlandi

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi I Xalqaro maqom san‘ati anjumaniga bag‘ishlandi


Shahrisabz shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan I Xalqaro maqom san‘ati anjumani o‘tkazilmoqda. Anjumanning tantanali ochilish marosimi 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu san‘at bayramida dunyoning 73 davlatidan kelgan 300 ga yaqin ishtirokchilar va mehmonlar qatnashmoqda.

Chubin madrasasida Xalqaro press klubning I Xalqaro maqom san‘ati anjumaniga bag‘ishlangan sayyor sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Sh.O‘rumbekzoda va YuNЕSKO hamda Osiyo folklor ijodiyoti tashkilotidan martabali mehmonlar ishtirok etdi.

San’at forumini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, uning Shahrisabz shahrida o‘tkazilishining sababi, mazmun-mohiyati va istiqboli haqida mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi. Ishtirokchilar, faxriy mehmonlar, maqom san‘ati darg‘alari xalqaro anjuman haqidagi fiklari bilan o‘rtoqlashdi.

10-sentabrga qadar davom etadigan ushbu anjumanida ishtirokchilar maqomning turli yo‘nalishlarida o‘zaro bahslashadi. “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют