» » Hindistonlik san’atkor: O‘zbek milliy maqom san’ati hind raga san’atiga juda yaqin

Hindistonlik san’atkor: O‘zbek milliy maqom san’ati hind raga san’atiga juda yaqin


Ma’lumki, Shahrisabzda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan I Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazilmoqda. Anjumanning tantanali ochilish marosimi 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu san’at bayramida dunyoning 73 davlatidan kelgan 300 ga yaqin ishtirokchi va mehmon qatnashmoqda. Ularning aksariyati mahalliy jurnalistlar bilan suhbatlarda tashkil etilgan tadbir haqida ijobiy fikr bildirmoqda, deb xabar beradi “Daryo”ga Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Bilasizmi, o‘zbek milliy maqom san’ati hind raga san’atiga juda yaqin. Hattoki cholg‘ularida ham katta o‘xshashlik bor. Bu anjumanda bizning vakillarimiz ham ishtirok etishyapti. O‘ylaymanki, ularning chiqishlari e’tiborga sazovor bo‘ladi. E’tiborlisi, o‘zbek xalqi ham, hind xalqi kabi nihoyatda san’atsevar. Shu jihatdan qaraganda mazkur san’at bayrami juda e’tiborga sazovor. O‘ylaymanki, ushbu tadbirning tashkil etilishi ko‘plab xalqlar madaniyati va san’ati almashinuviga, do‘stlik va hamjihatlik aloqalarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.

Rajesh Shoh, Hindiston vakili



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют