» » Portugaliyalik musiqachi: Maqom anjumanida o‘zbek xalqining san’atsevar va mehmondo‘st ekanligini bilib oldik

Portugaliyalik musiqachi: Maqom anjumanida o‘zbek xalqining san’atsevar va mehmondo‘st ekanligini bilib oldik


Ma’lumki, Shahrisabzda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan I Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazilmoqda. Anjumanning tantanali ochilish marosimi 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu san’at bayramida dunyoning 73 davlatidan kelgan 300 ga yaqin ishtirokchi va mehmon qatnashmoqda. Ularning aksariyati mahalliy jurnalistlar bilan suhbatlarda tashkil etilgan tadbir haqida ijobiy fikr bildirmoqda, deb xabar beradi “Daryo”ga Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Biz dunyodagi ko‘plab festivallar va tantanalarda ishtirok etganmiz. Shu sabab internet orqali O‘zbekistonda bo‘ladigan “Xalqaro maqom san’ati anjumani” haqidagi roliklarini ko‘rib, unga qiziqib qoldik. Kelib, ko‘rganimizdan so‘ng esa tanlovimiz naqadar to‘g‘ri bo‘lganiga ishonch hosil qildik. Chunki bu anjuman o‘zbek milliy san’ati bilan birga uning an’analarini ham aks ettiradigan juda katta madaniy voqelikka aylandi. Biz mazkur anjuman orqali butun bir o‘zbek xalqining nihoyatda san’atsevar va mehmondo‘st ekanligini bilib oldik. Maydondagi turli hududlarga oid chiqishlar esa hayratimizni oshirdi. O‘ylaymanki, mazkur festival ko‘plab xalqlar maqom san’atini targ‘ib qiluvchi eng e’tibordagi san’at taqdimotlaridan biriga aylanadi.

Lopez, Portugaliyalik musiqachi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют