» » OAV: Malayziyada o‘ldirilgan KXDR yetakchisining akasi ruhiy kasal bo‘lgan

OAV: Malayziyada o‘ldirilgan KXDR yetakchisining akasi ruhiy kasal bo‘lgan


O‘tgan hafta Malayziyada o‘ldirilgan Kim Chon Nam hokimiyatga qiziqmagan va paranoyyaga chalingan bo‘lgan. Bu haqda uning yoshlikdagi do‘sti Entoni Saxakyan The Guardian gazetasi uchun bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Biz amaldagi rejim, uning ukasi va KXDRda yuz berayotgan voqealarni muhokama qilganmiz. Bir narsani aniq aytishim mumkin — u hech qachon hokimiyatga qiziqmagan. Unda qo‘rquv bor edi, bu keng qamrovli qo‘rquv emasdi, biroq u paranoik edi. U siyosiy muhim shaxs edi va tashvishlanardi.

Entoni Saxakyan

Kim Chon Nam va Entoni Saxakyan o‘smir yoshida Shveysariya xalqaro maktabi talabalari ekanligida tanishgan. Ular oxirgi marta Kim Chon Nam bir necha oy avval Jenevaga kelganda ko‘rishgan.

Malayziya politsiyasi 14-fevral kuni Kim Chon Namning o‘limini tasdiqladi. U Kuala-Lumpur aeroportida o‘zini yomon his qilgan va shifoxonaga yetmasdan hayotdan ko‘z yumgan. U huquq-tartibot xodimlariga kuchli bosh aylanishidan shikoyat qilgan va noma’lum shaxs yuziga allaqanday suyuqlik sepib yuborganligini ma’lum qilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют