» » Tug‘ilish va o‘lishni o‘z vaqtida qayd etish yuzasidan Ma’muriy javobgarlik kodeksiga qo‘shimcha kiritish taklif etilmoqda

Tug‘ilish va o‘lishni o‘z vaqtida qayd etish yuzasidan Ma’muriy javobgarlik kodeksiga qo‘shimcha kiritish taklif etilmoqda


“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonuni loyihasi Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 12-iyundagi PQ–3785-son qarori ijrosini ta’minlash, sog‘liqni saqlash muassasalari mansabdor shaxslarining tug‘ilish va o‘lim o‘z vaqtida qayd etilishi, tug‘ilganlik va o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnomalar to‘g‘ri va aniq to‘ldirilmaganligi uchun, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa ma’muriyati va sog‘liqni saqlash muassasasi mansabdor shaxslarining bola tug‘ilganligini qayd etish choralarini ko‘rmaganligi uchun javobgarligini oshirish maqsadida ishlab chiqildi.

Loyihaning to‘liq matni muhokama uchun internetga joylashtirildi.

Loyihaga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasi mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan muddatlarda uzrli sabablarsiz bolaning tug‘ilganligini qayd etish choralarini ko‘rmaslik uchun eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida, sog‘liqni saqlash muassasalari mansabdor shaxslari tomonidan tug‘ilish va o‘limni o‘z vaqtida qayd etmaslik, tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani, shuningdek o‘lim va perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomani to‘g‘ri va aniq to‘ldirmaslik uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida jarima qo‘llanilishini nazarda tutuvchi modda kiritilmoqda.

Ushbu qo‘shimchaning kiritilishi yuqoridagi Prezident qarorida qayd etilgan “Bironta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” va “Tug‘ilganlikni qayd etilishi — bola huquqlarini ro‘yobga chiqarilishining va fuqarolik bo‘lmasligini oldini olishning huquqiy asosidir” g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют