» » O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarni pasportlashtirish bo‘yicha eksperiment boshlandi

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarni pasportlashtirish bo‘yicha eksperiment boshlandi


Davlat soliq qo‘mitasi tajriba tariqasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tadbirkorlarini pasportlashtirish jarayonini boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bu Prezidentning 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan bo‘lib, unda davlat soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari belgilangan.

Qarorda, xususan, 2018-yil 1-oktabrdan davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladigan ko‘zdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishi yuritilishi belgilangan.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54 mahallada tajriba tariqasida tadbirkorlar pasportlarini tuzish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bunda soliq organlari xodimlari tomonidan korxonalarning belgilangan manzilda joylashgani, kompaniya faoliyati turi o‘rganilmoqda, xodimlar sonini ko‘rsatilgan hisobot bilan taqqoslanib, hujjatsiz mehnat qilayotgan tadbirkorlar aniqlanmoqda.

Shu maqsadda Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 17 ishchi guruhi tuzildi. Uning tarkibiga shuningdek, Toshkent shahar hokimligi moliya bo‘limi, tuman tijorat banklari, davlat soliq boshqaruvi va inspeksiyasi xodimlaridan iborat 170 nafar kishi kirgan.

Bugungi kunda tumanda qariyb 8 ming nafar xo‘jalik subyekti ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 6 ming nafardan ziyodi yuridik shaxslar va qariyb 2 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkordir. Tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan shu kungacha 6 ming nafardan ortiq tadbirkorning pasporti tuzilib, ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.

Bu kabi tadbirlar samarasida muntazam soliq to‘lashdan bosh tortuvchi shaxslar aniqlanadi. Xususan, 1 070 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani, 277 yakka tartibdagi tadbirkorda 507 nafar shaxs tegishli ravishda rasmiylashtirilmasdan yollanma xodim sifatida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu va boshqa aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 111) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют