» » Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida tadbirkorlik subyektlarini pasportlashtirish bo‘yicha eksperiment boshlandi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida tadbirkorlik subyektlarini pasportlashtirish bo‘yicha eksperiment boshlandi


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54 ta mahallada tadbirkorlik subyektlarining pasportlari tuzila boshladi, deya xabar berdi Norma Davlat soliq qo‘mitasiga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 26.06.2018-yildagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3802-son qaroriga muvofiq, 2018-yil 1-oktabrdan ko‘zdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishini boshlash rejalashtirilmoqda. To‘plangan dalillar keyinchalik soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladi.

Pasport tuzish jarayonida:

Eksperiment o‘tkazish davomida qonunbuzarliklar aniqlandi. Xususan, 1 070 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani, 277 ta yakka tartibdagi tadbirkorda 507 nafar shaxs tegishli ravishda rasmiylashtirilmasdan yollanma xodim sifatida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu va boshqa aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют