» » MDHga a’zo davlatlar armiyalari o‘rtasida o‘tkaziladigan qo‘l jangi chempionatining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi

MDHga a’zo davlatlar armiyalari o‘rtasida o‘tkaziladigan qo‘l jangi chempionatining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 10-sentabr kuni Qurolli Kuchlari akademiyasida 10—13-sentabr kunlari Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar do‘stona armiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan armiya qo‘l jangi chempionatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash kerak, bu turdagi chempionat O‘zbekistonda birinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Anjumanda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tashkiliy qo‘mitasi, musobaqada ishtirok etuvchi jamoa vakillari hamda xorijlik jurnalistlar qatnashdi. Anjuman doirasida ertaga boshlanadigan musobaqaning o‘tkazilish tartibi, kimlar ishtirok etishi va tashkiliy ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan musobaqada harbiy sportchilar 7 ta vazn toifasida (60 kilogrammdan 90 kilogrammgacha) o‘zaro bellashadilar.

Mazkur bellashuv uchun ishtirokchilarni saralash maqsadida joriy yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida chempionatlar o‘tkazib kelindi. 7 nafar o‘zbekistonlik harbiy sportchi musobaqaning yakuniy bosqichida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

“O‘zbekistonga birinchi bor kelishimiz. Belarus Respublikasi vakili sifatida shuni ta’kidlashim mumkinki, mehmondo‘st harbiylaringiz bizda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Bir-birimiz bilan tajriba almashmoqdamiz, sport bizlarni o‘zaro do‘stlashtirmoqda. Ertaga boshlanadigan musobaqa ham yuqori saviyada tashkil etilganligiga shubhalanmayman. Eng kuchli sportchilar g‘olib bo‘lishini istaymiz”, — deydi polkovnik Anatoliy Xanayevskiy.

Anjuman yakunlangach, hakamlar hay’ati va ishtirokchi mamlakatlar vakillari bilan birgalikda qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

2017-yilda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari MDH mamlakatlarining xalqaro musobaqalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, 2018 yilning aprelidan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasidagi harbiy-amaliy sportning 7 ta turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Toshkentda o‘tkazilayotgan musobaqada Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan qo‘l jangi ustalari o‘zaro bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Rossiyada “Komandirlik startlari startlari” va iyun oyida Belarus Respublikasida “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi” musobaqalarida O‘zbekiston harbiylari ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют