» » O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Adib va jamiyat” rukni ostida nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Akmal Saidov va boshqalar mamlakatda barcha sohalar qatori adabiyot rivojiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Davlat rahbarining 2017-yil 3-avgustdagi ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvidan keyin adabiyotda ro‘y bergan jonlanish, ijobiy o‘zgarishlar ijodkorlarni Vatan va xalq oldidagi mas’uliyatini his etishga undayotgani, yangi asarlar yaratishga ilhomlantirayotgani ta’kidlandi.

Prezidentning 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohada yangi bosqich boshlanishiga huquqiy asos bo‘layotir.

Ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlikka javoban yaratilgan bir qator asarlar “Adib va jamiyat” ruknida nashr etildi.

Anvar Obidjonning “Farg‘onaliklar” esse safarnomasi, Eshqobil Shukurning “Bobo so‘z izidan” so‘z haqida tadqiqotlari, Enaxon Siddiqovaning “Barxanlarda ungan gul” liro-epik qissasi, Iqbol Mirzoning “Zarb” qissasi, Mahmud Toirning “Yangilanayotgan O‘zbekiston” she’rlar va maqolalar to‘plami, Shodmonqul Salomning “Ko‘ngil obidasiga yo‘l” publitsistik maqolalari to‘plami, shuningdek, “Men O‘zbekiston fuqarosiman” va “Xalq qalbiga yo‘l” maqolalardan iborat to‘plamlar hozirgi o‘zbek adabiyoti rivoji va islohotlar mazmun-mohiyati haqida hikoya qiladi.

Tadbirda ushbu asarlarning dunyoga kelish tarixi, mohiyati haqida so‘z yuritilib, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют