» » Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida shoir Jo‘rabek Jahonning yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida shoir Jo‘rabek Jahonning yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda yosh shoir Jo‘rabek Jahonning “Ko‘ngil poytaxti” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosh muharriri Ilhom Zoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adabiyotshunos Suvon Meli, adabiyotshunos olim Abdulla Ulug‘ov, filologiya fanlari doktori, professor Abdulhay Sobirov, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov va boshqalar so‘zga chiqib, ulug‘ ustozlarning yo‘lini munosib davom ettirishga intilayotgan shoir Jo‘rabek Jahon timsolida o‘zbek she’riyatida yana bir yangi iste’dod, yangi ovoz bo‘y ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Jo‘rabek Jahon milliy adabiyotga Shukur Xolmirzayev, Tog‘ay Murod, Usmon Azim, Erkin A’zam singari ustoz adiblarni voyaga yetkazgan Surxon vohasidan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Tuyg‘ular shaharchasi” nomli kitobi chop etilgan.

“Ko‘ngil poytaxti” shoirning ikkinchi kitobi bo‘lib, unda shoirning vatan, yurt, so‘z, adabiyot, she’riyat, yaqinlari va do‘st-birodarlariga bo‘lgan muhabbati, sog‘inchini ifodalovchi yangi she’rlari jamlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют