» » Sherzod Qudbiyev Seulda Koreya Respublikasi Kadrlar boshqaruvi vaziri Kim Pan Sok bilan uchrashdi

Sherzod Qudbiyev Seulda Koreya Respublikasi Kadrlar boshqaruvi vaziri Kim Pan Sok bilan uchrashdi


2018-yil 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev Seulda Koreya Respublikasi Kadrlar boshqaruvi vaziri Kim Pan Sok bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

2018-yil 28-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida”gi 3743-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, qarorga ko‘ra Koreya Respublikasining Kvandju shahrida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan edi.

Shunga muvofiq, 11-sentabr kuni vazir Sherzod Qudbiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasiga yetib bordi. Dastlabki muzokaralar Seul shahrida Kadrlar boshqaruvi vaziri Kim Pan Sok bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, davlat xizmati xodimlari malakasini oshirish va bu borada o‘zaro tajriba almashish kabi dolzarb masalalarni muhokama qildi. Xususan, vazir Kim Pan Sok O‘zbekistonda kadrlar boshqaruvi tizimini takomillashtirish va “Davlat xizmatlari to‘g‘risida”gi Qarorni ishlab chiqishda har tomonlama yordam berishga, shuningdek, Koreya Respublikasida davlat xizmatchilarini o‘qitish masalalarini ko‘rib chiqishga tayyorligini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev ko‘rsatilgan iliq munosabat uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida kadrlar malakasini oshirish tizimi va davlat xizmatlari sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borishiga umid bog‘ladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar davlat xizmati sohasida o‘zaro tajriba va ma’lumot almashish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil Koreya Respublikasiga tashrifi yakunida imzolagan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni amalga oshiruvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют