» » Jahongir Ortiqxo‘jayev Berlin shahri hokimi bilan uchrashdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Berlin shahri hokimi bilan uchrashdi


Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘lib turibdi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugungi tadbirlar dasturida Toshkent shahar hokimining Berlin shahridagi yer osti metropoliteni va unga tutash hududlarning bo‘sh joylaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishishi hamda Berlin shahri hokimi (burgomistri) M.Myuller janoblari bilan uchrashuvlari o‘rin olgan.

Kunning ikkinchi yarmida Jahongir Ortiqxo‘jayev “Berlinning oltin kitobi”ga o‘z fikr-mulohazalarini yozib qoldirishi, shuningdek, Berlin shahri ichki ishlar va sport senatori bilan uchrashuvi, Kroysberg tumanidagi sport va fitnes markazi faoliyati bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Delegatsiya a’zolari kun yakunida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining 27 yilligi hamda Toshkent va Berlin o‘rtasida do‘stona aloqalarning 25 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali marosimda ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют