» » O‘zbekistonda xalq tabiblari faoliyatini qonun doirasida tartibga solish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda xalq tabiblari faoliyatini qonun doirasida tartibga solish rejalashtirilmoqda


2018-yil 11-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan “Xalq tabobatining huquqiy asoslari: amaliyot va xalqaro tajriba” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda mamlakat tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tatbiq etilayotgan maqsadli dasturlar bilan bir qatorda, ajdodlardan bizga meros bo‘lib kelayotgan xalq tabobatini rivojlantirish, uni huquqiy tomonidan mustahkamlash maqsadida qonunchilik tizimini shakllantirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda dunyo miqyosida xalq tabobatini huquqiy tartibga solish sezilarli darajada jadallashib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘zining a’zo davlatlari bilan birgalikda har bir mamlakatning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, mazkur sohadagi siyosatni ishlab chiqishga ko‘maklashmoqda. Hozirgi kunda JSSTga a’zo 130 ga yaqin mamlakatda xalq tabobatining huquqiy maqomi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida xalq tabobatiga huquqiy baho berilmagan, ya’ni, uning huquqiy maqomi aniqlanmagan. Biroq amaliyotda mamlakatda xalq tabobatidan turli xil kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashda keng foydalanilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo aholisining uchdan bir qismi, ayrim Osiyo va Afrika mamlakatlarining deyarli yarmidan ortig‘i zamonaviy tibbiyotning asosiy dori vositalarini xarid qilish imkoniga ega emas.

Xalq tabobati dori vositalarini dunyo bo‘yicha keng iste’mol qilishga qiziqishning ortib borishi uning xavfsizligini ta’minlashning standartlari ishlab chiqilib, joriy etilishini, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasi va mas’uliyatini yanada oshirishni qonun bilan tartibga solinishi lozimligini taqozo qilmoqda. Bu nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilarini, shu bilan birga, keng aholi qatlamini ham birdek o‘ylantirib, tashvishga soladi, albatta. Uni hal qilishda milliy siyosat sohani huquqiy baholash, tartibga solish va boshqarishning huquqiy asoslarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Davra suhbatida xalq tabobati borasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, bu yuzasidan qonunchilik tizimini takomillashtirish, masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda milliy amaliyot bilan bir qatorda xalqaro tajriba ham tahlil qilindi.

Sohaning qonunchilik tizimini yaratish xususida deputatlar, ekspert va keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari tinglandi.

Ishtirokchilarning takliflari umumlashtirilib, qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют