» » Toshkent, Farg‘ona, Navoiy va Namanganda tibbiyot xodimlari pullik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent, Farg‘ona, Navoiy va Namanganda tibbiyot xodimlari pullik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani ma’lum bo‘ldi


Parlament quyi palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan “Tibbiyot xodimlarining davriy tibbiy ko‘rigini tashkil etish masalalari: muammo va yechimlar” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qonunchilik palatasi deputatlari, Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklari, Bosh prokuratura, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash hamda tibbiyot xodimlariga qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Ushbu sa’y-harakatlar izchilligini ta’minlash maqsadida Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zolari tomonidan joriy yilda 70 tuman va shaharda sog‘liqni saqlash tizimidagi holat o‘rganildi. Aniqlangan 2 mingga yaqin kamchilik va muammoning 800 ga yaqini deputatlarning amaliy yordami bilan bartaraf etildi.

Davra suhbatida qo‘mita olib borgan o‘rganishlar jarayonida xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan nazorat-tahlil natijalariga e’tibor qaratildi. Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan tibbiyot xodimlari toifalari belgilangan. Bu jarayon bepul amalga oshirilishi kerak. Ammo deputatlar Toshkent, Farg‘ona, Navoiy va Namangan viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari faoliyatini o‘rganganda noqonuniy holat — pullik xizmat ko‘rsatilayotgani aniqlandi.

Davra suhbatida Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga budjet tashkilotlari, jumladan, tibbiyot xodimlarini chiqimdor qilmasdan tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish choralarini belgilash vazifasi yuklandi. Davolash-profilaktika muassasalarining sohadagi muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan taklif va mulohazalari tinglandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют