» » iPhone XS, XS Max va XR smartfonlari taqdim etildi (foto)

iPhone XS, XS Max va XR smartfonlari taqdim etildi (foto)


Apple kompaniyasi 12-sentabr kuni ayfonlarning uchta yangi modelini namoyish qildi, deb yozadi Meduza. Ularning barchasi romsiz ekranli hamda Face ID’ni o‘z ichiga yashirgan “qoshli” iPhone X’ga o‘xshatib yasalgan.

iPhone X’ning juda tezkor yangi A12 Bionic protsessori o‘rnatilgan yaxshilangan versiyasi, tashqi jihatdan esa avvalgidek ko‘rinishga ega. Ekrani hamon 5,8 dyuymga teng, ammo tillarang korpusli va 512 Gb ekranli versiyalar paydo bo‘ldi. Akkumulyatori iPhone X’nikidan yarim soat uzoqroqqa yetadi. Ustiga-ustak, ularga ikkita SIM-karta o‘rnatish mumkin.

Narxi 1275 dollardan boshlanadi. Sotuvga 21-sentabrda chiqadi.

Ekrani 6,5 dyuym (bunday katta ayfonlar hali bo‘lmagan), akkumulyatori esa iPhone X’nikidan 1,5 soat ko‘proq ishlaydi. Qolgan jihatlari — XS’niki kabi.

Narxi 1099 dollardan boshlanadi. 21-sentabrdan sotuvga chiqadi.

Ancha arzonroq versiya: OLED o‘rniga LCD ekran (iPhone 8 dagidek), yon romlari po‘lat emas, alyuminiydan. Biroq ekrani 6,1 dyuym va korpusi xilma-xil rangli: oq, qora, qizil, sariq, korall va ko‘k. Asosiy kamerasi bittalik. Protsessori — A12 Bionic.

Narxi 999 dollardan boshlanadi. Sotuvga 26-oktabr kuni chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют