» » O‘zbekistonning olis qishloqlarida ham davlat xizmatlari markazlari ochilmoqda

O‘zbekistonning olis qishloqlarida ham davlat xizmatlari markazlari ochilmoqda


Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman Davlat xizmatlari markazi filiali joriy yilning 8-sentabr kuni tuman markazidan olis bo‘lgan “Kushek” MFY hududida tashkil qilindi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

“Kushek” mahallasi tuman markazi Do‘stobod shaharchasidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, olis hududda joylashgan 11 ta MFY, 31 mingdan ortiq aholiga tezkor va shaffof davlat xizmatlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Ma’lumot tariqasida, filial tashkil qilgan kunning o‘zidayoq yuridik va jismoniy shahslarga 16 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, Xorazm viloyati Xazorasp tumani markazidan 180 kilometr olis bo‘lgan Tuproqqal’a maskanida, Buxoro viloyati Romitan tumani Gugurtli aholi punktida, Angren shahar DXM filiali markazdan olis bo‘lgan “Krasnogorsk” (Qizil tog‘) hududida, Samarqand viloyati Nurobod tumani Davlat xizmatlari markazidan 130 kilometr uzoqlikdagi “Saxoba” qishlog‘ida markaz filiallari tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют