» » Lola Karimova-Tillayeva: “Mirzo Ulug‘bek shaxsi meni bolalagimdan o‘ziga maftun etgan”

Lola Karimova-Tillayeva: “Mirzo Ulug‘bek shaxsi meni bolalagimdan o‘ziga maftun etgan”


12-sentabr kuni Toshkent shahrida Sharqning buyuk mutafakkiri va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu film Karimov Fondining rahbari Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayevning prodyuserligi ostida suratga olingan.

“Mirzo Ulug‘bek shaxsi meni bolalagimdan o‘ziga maftun etgan. Har gal Samarqandga kelib, XV asrda Samarqandni astronomiya sohasida ilg‘or tadqiqotlar o‘tkaziladigan xalqaro markazga aylantirgan bu buyuk mutafakkir olim va sulhparvar hukmdor haqida eshitganimda buni butun dunyoga so‘zlab berish kerak deb o‘ylar edim. Serqirra shaxsi o‘zbekistonliklarni yuz yillar davomida ilhomlantirib kelgan Mirzo Ulug‘bekning Vatanida bugun ushbu filmning namoyish etilishi men uchun katta sharaf”, – deya ta’kidlanadi Lola Karimova-Tillayevaning taqdimot marosimi ishtirokchilariga yo‘llangan murojaatida.

“Mazkur kinoasar 2017-yilda 74-Xalqaro Venetsiya kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominatsiyasida nufuzli “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda esa “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Rejissor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan filmda Vensan Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalle kabi dunyoga mashhur san’atkorlar, shuningdek, Ma’ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari o‘zbekistonlik taniqli aktyorlar rol ijro etgan.

Film uchun maxsus musiqani Uolter Afanasyev yozdi. Sevara Nazarxon ijrosidagi saundtrek esa filmga o‘zgacha joziba baxsh etdi, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют