» » O‘zA: Davlat boshqaruv akademiyasini bitirib, ishsiz yurganlar ham bor

O‘zA: Davlat boshqaruv akademiyasini bitirib, ishsiz yurganlar ham bor


O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 1995-yildan buyon boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini olib boradi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Joriy yilda akademiyaning tarkibiy bo‘linmalari yosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilgan. Professor-o‘qituvchilar tarkibi hozirgi kunda 25 asosiy shtat birligini tashkil etadi. Ulardan 36 foizi fan doktori, 52 foizi fan nomzodi hamda 12 foizi katta o‘qituvchilardan iborat.

Davlat boshqaruv akademiyasining monitoring va kasbiy o‘sish bo‘limi boshlig‘i Muhammad Holnazarovning ma’lum qilishicha, akademiyada malaka oshirgan va qayta tayyorlangan kadrlarning ish joyidagi o‘sish ko‘rsatkichi 20-30 foizni tashkil etadi.

So‘nggi 2 yil ichida bitirganlar orasida ishsizlar kuzatilmagan. Biroq akademiyada bilim va malakasini oshirgan davlat xodimlarining ayrimlarida lavozimida o‘zgarishi bo‘lmagan, hatto boshqa sohalarga o‘tib ketganlar ham bor.

Shuningdek, garchi soni foizlarda juda kam ko‘rsatkichni tashkil etsada, ular orasida hozirda ishsiz qolganlari ham yo‘q emasligi bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют