» » Toshkentda transport sohasida birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkentda transport sohasida birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi


2018-yil 13-sentabr kuni Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun 2018-yilning 20-sentabrida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining zalida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Rejalashtirilgan xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi – xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar, transport uyushmalari, transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan yangi transport koridorlarini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha muloqotni har tomonlama rivojlantirish.

“Hozirda konferensiya doirasida xalqaro transport koridorlarini samarali va o‘zaro manfaatli foydalanish masalalari bilan transport sohasida, xalqaro tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilmoqda, – deya ta’kidladi Tashqi savdo vazirligi Eksport marshrutlarini diversifikatsiyalash va transport koridorlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Salohiddinov. – Shu bilan birgalikda konferensiyada Markaziy Osiyoda yagona tarmoqli va tashqaridan integratsiyalangan transport maydonini yaratish mavzusi ham o‘rtaga tashlanadi, bu o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi”.

Hozirgi vaqtda anjumanda 50 dan ortiq mamlakatdan 340 nafar xorijiy mehmonlar o‘zlarining ishtiroklarini tasdiqladi.

2018-yil 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan asosiy plenar yig‘ilish Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi va tushdan keyin tanlangan tematik tarmoqlar bo‘yicha to‘rtta parallel seksiyali sessiya boshlanadi.

2018-yil 21-sentabrning ikkinchi kunida Samarqandga tashrif buyurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerda konferensiyaning xorijiy mehmonlari MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют