» » Forbes 2018-yilda eng ko‘p haq olgan reperni ma’lum qildi

Forbes 2018-yilda eng ko‘p haq olgan reperni ma’lum qildi


Jay-Z nomi bilan mashhur amerikalik reper Shon Kori Karter Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, 2018-yilda xip-xop uslubida eng ko‘p haq oluvchi musiqachilar ro‘yxatida yetakchilik qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ekspertlar qo‘shiqchilarning 2017-yilning iyun oyidan 2018-yilning iyunigacha bo‘lgan daromadlarini tahlil qildi.

Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, mazkur davrda Jay-Z 76,5 million dollar atrofida daromad qilgan.

Joriy yilda o‘z hisobini 64 million dollarga to‘ldirgan Paff Deddi yoki Diddi taxalluslari bilan mashhur amerikalik reper Shon Kombs ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Reytingni uchinchi o‘rnini 58 million dollar daromad bilan amerikalik xip-xop qo‘shiqchi Kendrik Lamar egalladi.

Birinchi o‘nlikdan, shuningdek, kanadalik qo‘shiqchi Drake (4-o‘rin, 47 million), musiqachi J.Cole (5-o‘rin, 35,5 million) joy oldi. Oltinchi o‘rinni (35 million) amerikalik reper va prodyusser Dr.Dre va xip-xop qo‘shiqchi Nas bo‘lishdi. Sakkizinchi o‘rinni qo‘shiqchi Pitbull (32 million), to‘qqizinchi o‘rinni artist Future va o‘ninchi o‘rinni Kanye Uest (27,5 million) egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют