» » Toshkentning Mirobod tumanidagi YTHda bir kishi halok bo‘lib, uch kishi jabrlandi

Toshkentning Mirobod tumanidagi YTHda bir kishi halok bo‘lib, uch kishi jabrlandi


13-sentabr kuni 15:25 da Toshkentning Mirobod tumanida Toshkent halqa avtomobil yo‘lidagi “Korzinka” supermarketi yaqinida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, uning natijasida bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jabrlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Spark avtomobili haydovchisi 48 yoshli Komiljon K. tezlik rejimini buzdi, oqibatda boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urildi. YTH natijasida haydovchi og‘ir tan jarohatlarini olib, voqea joyida vafot etdi. Uch nafar yo‘lovchi turli darajadagi shikastlanishlar bilan kasalxonaga yetkazildi. Ikki nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют