» » Vladivostokdagi YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Vladivostokdagi YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Rossiyaning Vladivostok shahridagi “Sedanka” dam olish markazi yaqinida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida o‘limga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda “1news.uz”.

Shahar tashqarisiga qarab harakatlanayotgan Toyota Fielder avtomobili haydovchisi qaysidir lahzada boshqaruvni yo‘qotib, yon tomoni bilan beton ustunga borib urildi. Zarba kuchliligidan mashina ustun atrofiga “o‘ralib qoldi”.

To‘qnashuv natijasida ikki kishi — haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchi halok bo‘ldi. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan uchinchi kishi kasalxonaga yotqizildi, uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют