» » Toshkentda o‘tkaziladigan Xalqaro transport konferensiyasida TIACA Bosh kotibi Vladimir Zubkov ishtirok etadi

Toshkentda o‘tkaziladigan Xalqaro transport konferensiyasida TIACA Bosh kotibi Vladimir Zubkov ishtirok etadi


20-sentabr kuni Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar“ mavzuidagi I Xalqaro konferensiya boshlanadi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Anjumanda 50 dan ortiq mamlakatdan 340 nafar xorijiy mehmonlar, xususan, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Moldova, Pokiston, Polsha, Rossiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belarus, Germaniya, Gruziya, Misr, Hindiston, BAA, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQSh, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Sheysariya va Yaponiya kabi davlatlar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, Xalqaro yuk aviatashuvlari uyushmasi (TIACA) Bosh kotibi Vladimir Zubkov ham mazkur forumda ishtirok etishini tasdiqlagan.

Ekspertning fikricha, konferensiya Markaziy Osiyo transport sektoridagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va o‘zaro maqbul yechimlarning mintaqaviy konsultatsion mexanizmini ishlab chiqishda muhim qadam bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MK fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda havo transportini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan seksion yig‘ilishning tashkilotchisi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют