» » ITB O‘zbekistonga 1,3 mlrd dollar taqdim etadi

ITB O‘zbekistonga 1,3 mlrd dollar taqdim etadi


O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki (ITB) mamlakatga 1,3 mlrd dollarlik mablag‘ ajratishni ko‘zda tutuvchi 2018?2021-yillarga mo‘ljallangan strategik hamkorlik bitimini imzoladi. Bu haqda 18-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “ITB guruhi kuni” anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Hujjatga Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mita raisi Suhrob Xolmurodov hamda O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan ITB prezidenti Bandar Hajar imzo chekdi.

Bandar Hajar bank iqtisodiyot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

ITB ma’lumotlariga ko‘ra, ajratilayotgan kreditlarning 475 mlillion dollari energetika, transport va shaharlarni rivojlantirish, 300 million dollari qishloq joylarda turar joylar va infratuzilmalarni qurish, 140 million dollari ijtimoiy rivojlantirishga va 85 million dollari xususiy biznes loyihalariga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston 2003-yildan buyon ITB a’zosi hisoblanadi. Avval bank sog‘liqni saqlash, ta’lim, irrigatsiya va melioratsiya, energetika, suv ta’minoti, kommunal xo‘jalik, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash sohalaridagi 26 ta loyiha uchun 1,4 milliard dollar ajratgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют