» » Abdulaziz Komilov Germaniya TIV Davlat vaziri Nils Annenni qabul qildi

Abdulaziz Komilov Germaniya TIV Davlat vaziri Nils Annenni qabul qildi


20-sentabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Germaniya TIV davlat vaziri Nils Annenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi muhim masalalar, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, 2019-yilga rejalashtirilgan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi O‘zbekiston—Germaniya muloqotida yangi sahifa ochishi kutilmoqda. U ikki tomon aloqalariga tizimli va serqirra tus berishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtishi, O‘zbekistonga ilg‘or nemis texnologiyalarini jalb qilish uchun kerakli sharoitlarni yaratishiga imkon yaratadi.

Uchrashuvda ikki davlat hukumatlari, idoralari, parlamentlari o‘rtasidagi bo‘lajak aloqalar, boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi. Shu o‘rinda ta’kidlanganidek, Toshkent shahrida 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonning mintaqaviy tashabbuslari va Markaziy Osiyoda havfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda Germaniya o‘rni” mavzusidagi davra suhbatida tashqi ishlar davlat vaziri boshchiligidagi Germaniya nufuzli delegatsiyasining ishtirok etishi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashdan ikki davlat ham manfaatdorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Muzokaralarda joriy yilning noyabr oyiga belgilangan O‘zbekiston va Germaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi siyosiy maslahatlashuvlarga tayyorgarlik jarayoni ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют