» » Rossiyalik mototsikl bilan yurib borayotgan samosvalga sakrab, rekord o‘rnatdi (video)

Rossiyalik mototsikl bilan yurib borayotgan samosvalga sakrab, rekord o‘rnatdi (video)


Rossiyalik Vladimir Yarigin harakatlanayotgan tramplindan harakatlanayotgan “BelAZ 75710” ag‘darma mashinasiga (samosvalga) dunyodagi birinchi FMX-sakrashni amalga oshirib, rekord o‘rnatdi, deb yozadi Motor. U sayyoradagi eng katta yuk avtomobilidir.

Sakrash yerdan 8,75 metr balandlikda amalga oshirildi, to‘xtovsiz harakatlanib turgan ikkita samosval o‘rtasidagi masofa esa 20 metrdan ziyod bo‘ldi. Odatda FMX-sakrashlar qimirlamaydigan konstruksiyalarda bajariladi, ammo bu safar tramplinlar muayyan tezlikda harakatlanishi kerak bo‘lgan “BelAZ”larga o‘rnatildi. Rayder Hart Attack tryukini bajardi, erishilgan yutuq esa Rossiyaning Rekordlar kitobiga kiritildi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют