» » AQSh O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani bolalar mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqardi

AQSh O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani bolalar mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqardi


AQSh Mehnat vazirligi joriy yil 20-sentabr kuni e’lon qilgan bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risidagi 2017-yilgi hisobotda O‘zbekiston mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida salmoqli choralar ko‘rgan mamlakatlar toifasiga kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hujjatda qayd etilishicha, bu O‘zbekistonda davlat tomonidan paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilgani bilan bog‘liq. Ushbu vazirlik Xalqaro mehnat tashkiloti, hukumat va mustaqil huquq himoyachilari o‘tkazgan monitoring natijalariga tayanib, bolalarni paxta yig‘im-terimiga tizimli ravishda jalb etishga to‘liq barham berilganini e’tirof etdi.

Hukumat tomonidan 2017-yilda ko‘rilgan choralar yoritilgan hisobotda bolalar mehnati va majburiy mehnatning oldini olish hamda unga chek qo‘yishga qaratilgan Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil qilingani qayd etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston erishgan muvaffaqiyatlar qatorida qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish, g‘o‘za maydonlarini qisqartirish, paxtaning xarid narxini oshirish va uni yig‘ishni mexanizatsiyalashtirish nazarda tutilgan agrar sohani modernizatsiya qilish rejasi qabul qilingani va izchil amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlangan.

AQSh vazirligi O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani 2009-yildan buyon ilk bor bolalar mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi.

Ushbu qaror O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxtaning AQSh bozoriga kirishi uchun yangi istiqbollar ochadi.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti tomonidan 2017-yilda odam savdosi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha hisobot e’lon qilingan, unda O‘zbekiston bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berishda katta yutuqlarga erishgani uchun uchinchi toifadan ikkinchi toifaga o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют