» » ZTE va Smartfren ilk bor Pre 5G texnologiyasini Indoneziyada sinovdan o‘tkazdi

ZTE va Smartfren ilk bor Pre 5G texnologiyasini Indoneziyada sinovdan o‘tkazdi


Telekommunikatsiya sanoati uchun mobil internet sohasida texnologik yechimlar taqdim etuvchi yirik xalqaro kompaniya hisoblangan ZTE Corporation Smartfren Telecom Tbk (Indoneziya) kompaniyasi bilan birgalikda Pre 5G Massive MIMO texnologiyasi negizidagi xizmatlar sinovini muvaffaqiyatli yakunladi.

Smartfren Telecom Tbk shirkati Pre 5G texnologiyasini tijorat sinovidan o‘tkazgan Janubi-sharqiy Osiyodagi birinchi kompaniya bo‘ldi. Ushbu texnologiya operatorlarga to‘rtinchi avlod (4G) texnologiyalaridan beshinchi (5G) avlod texnologiyalariga o‘tish imkonini beradi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida Smartfren kompaniyasi Pre 5G Massive MIMO texnologiyasini qo‘llashdan olingan real natijani namoyish etdi.

Pre 5G Massive MIMO bazasi Teras Kota savdo markaziga o‘rnatildi, bu esa bino ichida ma’lumotlardan foydalanish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Tezlik bir foydalanuvchiga soniyasiga bir nechta megabitdan 30 megabitgacha oshdi. An’anaviy makro bazaviy stansiyalarga nisbatan Pre 5G Massive MIMO mobil tarmoqning o‘tkazish tezligini 4–6 barobarga oshiradi.

Pre 5G Massive MIMO usuli ma’lumot uzatish ko‘lamini 2D dan 3D’gacha kengaytirish uchun nur shakllantirish (beamforming) texnologiyasiga asoslangan va intensiv hamda ekstensiv choksiz oqimni ta’minlaydi. Ushbu texnologiya juda samarali bo‘lib, ko‘p qavatli binolar, katta stadionlar sharoitiga maxsus vositalar orqali moslashtirilib, “so‘nggi milya” ssenariysini amalga oshirishda nafaqat o‘tkazuvchanlik, balki tarmoq faoliyati sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Smartfren Indoneziyada 4G texnologiyasini joriy etish borasida yetakchi hisoblanadi. Ushbu operatorning 4G tarmog‘i mamlakatning 200 dan ortiq shaharlarida o‘rnatilgan. Massive MIMO texnologiyasining tijoriy namoyishidan so‘ng biz hamkorimiz ZTE bilan beshinchi avlod tarmoqlarini shakllantirishga tayyorgarlikni boshlab yubordik va mijozlarimizga yangi texnologiyalarni taqdim etamiz. Biz Massive MIMO bazaviy stansiyalarini ko‘p qavatli binolar ichida va savdo obyektlarida, shuningdek, foydalanuvchilar soni ko‘p bo‘lgan hududlarda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash uchun qo‘llaymiz.

Kristian Denyo, Smartfren kompaniyasi Bosh texnologik direktori

Pre 5G Massive MIMO bazaviy stansiyasi uchun ZTE kompaniyasi ko‘p antennali (SDMA) texnologiyadan foydalanadi, bu esa bir vaqtning o‘zida makon doirasida bo‘lingan ko‘plab foydalanish yo‘laklarini shakllantirish imkonini beradi va 4G simsiz aloqaning mavjud chastota spektrini 4–6 barobarga oshiradi.

ZTE bu yechimni ob’ektlarni o‘rnatish uchun joy qidirish murakkablashib ketgani va tarmoq quvvatini oshirishga bo‘lgan talabning keskin ortishi munosabati bilan ishlab chiqdi.

Massive MIMO stansiyasining konfiguratsiyasi 128 ta antennadan iborat. Bunda frontal proyeksiya o‘lchamlariga ko‘ra stansiya mavjud 8 antennali stansiyalarga yaqin. Bazaviy stansiyani o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan maydonga kelsak, antennalar, radiochastotali bloklar va boshqa uskunalarni integratsiyalash hisobiga uning yagona moduli o‘lchamini uch barorbarga kamaytirishga muvaffaq bo‘lindi.

2015-yildan boshlab ZTE Pre 5G massive MIMO texnologiyalaridan foydalanib, bir nechta tijorat loyihalarini turli bozorlarda amalga oshirdi. Hozirgi paytda dunyoda 20 dan ortiq Pre 5G tarmoqlari yo‘lga qo‘yilgan va ZTE bu texnologiyani barcha hududlarda joriy etishga ko‘mak berishni davom ettiradi.

Joriy yil boshida Barselonada bo‘lib o‘tgan Jahon mobil kongressida (MWC) ZTE’ning “Pre 5G Massive MIMO inqilobiy innovatsion texnologiyasi asosidagi” bazaviy stansiyasi “Mobil texnologiyalar sohasidagi eng ilg‘or texlogiya” va “Eng yaxshi mobil texnologiya – 2016-yilning STO tanlovi” deb nomlangan ikki mukofotga sazovor bo‘ldi.

2016-yilning oktabr oyida Londondagi Broadband World Forum konferensiyasida ushbu texnologiya “Simsiz keng yo‘lakli foydalanish uchun eng yaxshi innovatsiya” nominatsiyasida taqdirlandi.

ZTE — telekommunikatsion asbob-uskunalar va mobil telefonlarining jahonda yetakchi ishlab chiqaruvchisidir. ZTE kompaniyasi simli va simsiz aloqa, mobil va fiksatsiyalangan terminallar bozorining deyarli har bir sohasini turli-tuman sifatli mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Bugungi kunda dunyoning bir qator mamlakatlarida ZTE’ning ko‘plab vakolatxona va tadqiqot markazlari faoliyat yuritmoqda, ularda o‘n minglab insonlar mehnat qilyapti.

O‘zining M-ICT strategiyasi doirasida kompaniya telekommunikatsiya va axborot texnologiya sohalarining yaqinlashuvi davrida mijozlarga ishning yuqori samarasini ta’minlovchi integratsiyalangan innovatsiyalarni taklif etish ustida tinimsiz ishlamoqda.

Kompaniya 160 ta mamlakat va mintaqaga asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib beradi va Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatadi.

ZTE kompaniyasi iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun 50 dan ortiq yechimlarni taklif qilyapti. Xitoy kompaniyasi, shuningdek, iste’molchilar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar – telefonlardan tortib smartfon va planshetlargacha ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarni O‘zbekiston bozorida bemalol sotib olish mumkin. ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi – OS Android hisoblanadi.

ZTE sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida bizning kompaniya O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib, ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini oshirib kelmoqda.

O‘zbekistonning telekommunikatsion operatorlari – Beeline, Ucell, “O‘zbektelekom” AK va boshqalar Xitoy kompaniyasi asbob-uskunalaridan foydalanmoqda. 2013-yilning iyul oyida ZTE O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida mobil telefonlar va ularning aksessuarlarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni ishga tushirdi. Mobil telefonlar UZTE brendi ostida ishlab chiqarilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (22-02-2017, 15:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют