» » Senat 27-sentabr kuni 16-yalpi majlisga yig‘iladi

Senat 27-sentabr kuni 16-yalpi majlisga yig‘iladi


Oliy Majlis Senatining 16-yalpi majlisi 27-sentabr kuni chaqiriladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi axborot xizmati.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga bir qator qonunlar, jumladan, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi (yangi tahrir), “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunlar kiritiladi.

Senatorlar shuningdek iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini, aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash va uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga, jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qator qonunlar ham ko‘rib chiqiladi va 2017—2021 yillarda O‘zbekiston aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining ijrosi to‘g‘risida bosh vazir o‘rinbosarining axboroti eshitiladi.

Yalpi majlisda Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham eshitilishi kutilmoqda.

Senat a’zolari qishloq xo‘jaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda mazkur sohadagi norasmiy bandlik masalalari yuzasidan bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziriga parlament so‘rovi yuborish bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют