» » Entoni Joshua 39 yoshli Aleksandr Povetkinni 7-raundda nokautga uchratdi (video)

Entoni Joshua 39 yoshli Aleksandr Povetkinni 7-raundda nokautga uchratdi (video)


Kecha, 22-sentabr sanasida Londondagi “Uembli” stadionida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Oqshomning asosiy jangi WBO, WBA, IBO va IBF chempionlik kamarlari uchun kechdi. Kamarlar egasi britaniyalik Entoni Joshua rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi ringga chiqib, jangning 7-raundida uni nokautga uchratdi. Shu tariqa Joshua jangni muddatidan yakunlab, g‘alaba qozondi. Natijada Entoni prof ringdagi zafarli yurishini davom ettirgan holda kamarlarini himoya qildi.

Mazkur jangdan so‘ng Entoni Joshuaning profedssional boksdagi g‘alabalari soni 22 taga yetdi. Bitta ham mag‘lubiyat yo‘q, 21 ta jangda esa nokaut bilan g‘alaba qozongan. 39 yoshli Povetkin esa professional ringdagi 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 35 ta g‘alabali jang bo‘lsa, shulardan 24 tasi nokaut orqali qo‘lga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov nikaragualik Xulio Lagunani 4-raundda nokautga uchratgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют