» » 4—6-oktabr kunlari Toshkentda xalqaro televizion festival bo‘lib o‘tadi

4—6-oktabr kunlari Toshkentda xalqaro televizion festival bo‘lib o‘tadi


Joriy yilning 4—6-oktabr kunlari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Rossiya televideniyasi akademiyasi fondi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida O‘zbekiston-Rossiya media forumi hamda “TEFI-Sodrujestvo (TEFI-Hamdo‘stlik)” 8-xalqaro televizion festivali bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining yetakchi davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarining ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari hamda  jurnalistlarni va axborot texnologiyalari xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va mamlakatning sohada tahsil oluvchi talabalari ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya media forumiga MDH davlatlari, Boltiq bo‘yi o‘lkalari va Gruziyadan ham mutaxassislar taklif etiladi.

Forumning OAV sohasida hamkorlik qismi O‘zbekiston tarixi, madaniyati va uning turizm salohiyatidan Rossiya jamoatchiligi xabardorligini kengaytirish, mamlakat televideniye va radioeshittirish sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek, turli janrdagi teleradio loyihalarni, xususan, axborot-tahliliy dasturlarni tayyorlash borasida yetakchi rus teleradiokompaniyalari tajribasini o‘rganish  kabi masalalarni qamrab oladi. Bu jarayonda o‘zbekistonlik va rossiyalik tele va radio ijodkorlar bir-birlari bilan o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Axborot agentliklari o‘rtasidaga hamkorlik qismida, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi axborot agentliklarining tezkor xabarlar almashinuvi borasida hamkorlik qilish, internet axborot resurslarini yanada rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlarning jamiyat hayotiga ta’sirini o‘rganish tendensiyalari muhokama qilinadi.

Forumning axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qismida esa, AKT texnologiyalari parklarini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida kadrlar malakasini oshirish hamda milliy internet resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari qamrab olinadi.

“TEFI Hamdo‘stlik” xalqaro televizion festivali esa “Rossiya televideniye akademiyasi” jamg‘armasi tomonidan bir necha yildan buyon Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va yaqin xorijdagi televideniye ijodkorlari o‘rtasida o‘tkazib kelinadi.

Xalqaro televizion festivalga 2011-yilda asos solingan bo‘lib, u ilk kunlardanoq MDHga a‘zo mamlakatlar gumanitar hamkorligi jamg‘armasi va Rossiya matbuot va ommaviy kommunikatsiyalar federal agentligi tomonidan rag‘batlantirilib kelinmoqda.

Hamdo‘stlik mamlakatlarida yagona axborot makonini shakllantirishni maqsad qilgan festivalga har yili MDHning biror mamlakati mezbonlik qiladi. Festival mavzulari ham xilma-xil. “TEFI Hamdo‘stlik” doirasida ekspertlar kengashi tuziladi, sohaning tajribali mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, zamonaviy televideniyening dolzarb muammolariga bag‘ishlangan munozaralar, televizon ijodiy ishlar muhokamalari, ochiq suhbatlar o‘tkaziladi. Festival yakunida g‘oliblarga maxsus mukofotlar topshiriladi.

Bu yil festival “Vatan obrazi: vaqt, makon, taqdir” mavzuida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют