» » Amerikalik kompyuter o‘yinchisi 24 soatli onlayn xayriya marafonida vafot etdi

Amerikalik kompyuter o‘yinchisi 24 soatli onlayn xayriya marafonida vafot etdi


Amerikalik mashhur kompyuter o‘yinchisi, PoShYbRiD laqabi bilan tanish bo‘lgan Brayan Vinyo o‘zining Twitch kanalida bo‘lib o‘tgan 24 soatli onlayn xayriya marafoni chog‘ida vafot etdi, deb xabar bermoqda The Sun.

Hodisa 20-fevralga o‘tar kechasi, marafonning 23-soatida sodir bo‘ldi. Virjiniya-Bich shahrida istiqomat qilgan geymar kichik tanaffus olgandi va veb-kamera oldida qaytib kelmadi. Kanal moderatori va kuzatuvchilari Brayan Vinyo uxlab qolganini taxmin qildi.

Ertasi kuni geymerning tanishlaridan biri Vinyo tarmoqda paydo bo‘lganini payqadi va unga xabar jo‘natdi. Vinyoning kompyuteridan o‘zini politsiya detektivi deb tanishtirgan kishi javob yozdi va geymerning o‘limi haqida ma’lum qildi. Keyinroq ushbu ma’lumot Virjiniya shtati politsiyasi tomonidan tasdiqlandi.

Uch bolaning 35 yoshli otasi nima sababdan vafot etganining rasmiy sababi hozircha aniqlanmagan. PVPLive’ning qayd etishicha, erkak uyquga to‘ymaslik oqibatida kelib chiqqan yurak muammosidan halok bo‘lgan.

PoShYbRiD besh yil davomida World of Tanks o‘ynash orqali mashhur bo‘lib ketgan. Vinyoning vafoti yuzasidan uning ko‘pchilik obunachilari hamdardlik izhor qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют