» » AQShda qamoqxonaga xayriya qilingan bananlar orasidan 18 mln dollarlik kokain topildi

AQShda qamoqxonaga xayriya qilingan bananlar orasidan 18 mln dollarlik kokain topildi


AQShning Texas shtati hukumati qamoqxonalardan biri uchun mo‘ljallangan bananlardan kokainning katta partiyasini topdi, deb yozadi TJournal.

Bananlarni Meksika bo‘g‘ozi yaqinidagi dengiz portidan hech kim olib ketmagach, ularni mahalliy Wayne Scott Unit qamoqxonasiga xayriya qilishgan. Ularni muassasaga yetkazib bermoqchi bo‘lishgan, ammo yukni tushirish vaqtida qo‘riqchilar qutilarning vazni boshqacharoq ekanligini sezib qolgan. Qamoqxona xodimlari qutilardan birini ochib ko‘rganida, bananlar ostidan kokain topilgan.

Xayriya qilingan yukdan jami 540 paket narkotik topilgan, ularning summasi qariyb 18 million dollarga teng. Ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 1) ( 33) ( 0)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...