» » Nozimjon Mo‘minov “Yoshlar” teleradiokanaliga vaqtincha direktor bo‘ldi

Nozimjon Mo‘minov “Yoshlar” teleradiokanaliga vaqtincha direktor bo‘ldi


O‘zbekiston MTRKning “Yoshlar” teleradiokanaliga Nozimjon Mo‘minov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.

Nozimjon Mo‘minov bunga qadar “Yoshlar” teleradiokanali” AJ direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Nozimjon Mo‘minov 1976-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Avvalroq “Yoshlar” telekanaliga rahbarlik qilib kelgan Madamin Safarov “O‘zbekiston 24” telekanaliga direktor etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют