» » O‘zbekistonda 2019-yilning iyulidan barcha taksi va avtobuslarda videoregistratorlar bo‘lishi kerak

O‘zbekistonda 2019-yilning iyulidan barcha taksi va avtobuslarda videoregistratorlar bo‘lishi kerak


2019-yilning 1-iyulidan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, jamoat transporti va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun avtotransport vositalariga videoregistratorlar o‘rnatish bo‘yicha majburiy tartib joriy etiladi. Bu “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi Spot.

Unda aytilishicha, videoregistratorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar 2017-yilda nihoyasiga yetgan hamda mahalliy korxonalar tomonidan videoregistratorlarni ichki bozorga yetkazib berish imkoniyati mavjud.

Bu vaqtgacha markazlashtirilgan tizimga kelib tushayotgan videoyozuvlar bo‘yicha tizimli monitoring yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun ushbu tizimni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Avvalroq, ushbu qarorga muvofiq, huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh foizi (9215 so‘m) miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют