» » Toshkentda 3—5-oktabr kunlari “Ipak yo‘lida turizm” sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi

Toshkentda 3—5-oktabr kunlari “Ipak yo‘lida turizm” sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi


3—5-oktabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz pavilyonlarida “Ipak yo‘lida turizm” 24-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Ushbu ko‘rgazma 1995-yildan buyon Butunjahon turistik tashkiloti BMT qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tkazib kelinmoqda. Har yili ko‘rgazmada dunyoning turli burchaklaridan kelgan turizm biznesi mutaxassislari yig‘iladi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — tajriba almashish uchun xalqaro platforma yaratish, Ipak yo‘li tarixiy madaniyati, tabiiy merosini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish va kelajakdagi istiqbolli rejalar muhokamasi uchun maydon yaratishdan iborat. Joriy yilda Tailand qirolligi, Singapur, Misr, Malayziya, Ozarbayjon, Hindiston, Koreya, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar ham ko‘rgazmada ishtirok etadi.

Milliy ko‘rgazma markazidan “Hunarmandlar shaharchasi” loyihasi, mamlakat hududidagi teatr va muzey stendlari, “Sharq bozori”, “Rassomlar hiyoboni”, “Milliy taomlar” festivali hamda O‘zbekiston dizaynerlari defilyesi va boshqalar o‘rin olgan xalqaro va milliy pavilyonlar bo‘ladi.

Milliy pavilyonda O‘zbekiston hududlarining madaniyati, turistik salohiyatini namoyon etuvchi taqdimotlar namoyish qilinadi.

Xalqaro pavilyonda xalqaro aviakompaniyalar, ta’lim muassasalari, sayyohlik va kurort yo‘llanmalari, sayyohlikning turli: sug‘urta, tibbiyot, bank sohalari bo‘yicha turlari stendlari joy oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют