» » Muborak tumanida hokim yordamchisi va moliya bo‘limi boshlig‘i 21 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Muborak tumanida hokim yordamchisi va moliya bo‘limi boshlig‘i 21 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi (video)


Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan Muborak tuman hokimi yordamchisi hamda moliya bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Muborak tumanining Qoraqum qishlog‘ida 2 kilometr uzunlikdagi maxsus piyodalar yo‘lagini yotqizish uchun qurilish tashkiloti hisob raqamiga 302 million so‘m ajratilishi lozim bo‘lgan. Biroq ushbu mablag‘larni o‘tkazish uchun Muborak tuman hokimi yordamchisi Azizbek Shukurov mazkur pullarning 7 foizi, ya’ni 21 million so‘mni talab qilgan.

Tezkor tadbir natijasida u pul mablag‘larini olayotgan vaqtda ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Azizbek Shukurov pulni Muborak tuman hokimligi moliya bo‘limi boshlig‘i Samad Qo‘yliyevga yetkazishi kerak bo‘lgan. U Qarshida o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida 21 million so‘mni o‘z avtomobili salonida olayotganda ushlandi.

Samad Qo‘yliyev 2017-yil iyunidan buyon moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют