» » Samarqand shahar hokimi 40 ta ish o‘rni yaratmoqchi bo‘lgan tadbirkorning muammosini hal qildi

Samarqand shahar hokimi 40 ta ish o‘rni yaratmoqchi bo‘lgan tadbirkorning muammosini hal qildi


Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov tadbirkorlik faoliyatini boshlab, 40 ta ish o‘rni yaratmoqchi bo‘lgan Ravshan Yahyoyevning muammosini joyida borib o‘rgandi. Masala ijobiy hal bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

“Daryo’ tahririyatiga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Sizlarning masalani ko‘tarib chiqishingiz orqali uzoq vaqtdan buyon meni qiynab kelayotgan muammo bir kunda hal bo‘ldi. Shuningdek, shahar hokimi Furqat Rahimovga ham alohida rahmat aytmoqchiman. U kishi o‘zlari kelib, fuqarolar bilan uchrashib, masalani to‘g‘ri tushuntirdi. Nasib qilsa, oktyabr oxirida yangi oshxona faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 15 kishini ish bilan ta’minlaymiz. Qolaversa, yangi yil boshidan klinikani ham ochishni maqsad qilganmiz. U orqali 25 kishini ish bilan ta’minlash niyatidamiz”, — deydi Ravshan Yahyoyev.

Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov tadbirkor va fuqarolar bilan uchrashuv davomida mavjud kamchiliklar xususida o‘z fikrlarini bildirib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют